Zaharlanish xavfi yuqori bo'lgan mahsulotlar yo'q qilindi 

Nazorat davomida iste'mol uchun yaroqsiz, sifat ko'rsatkichlari buzilgan 10 kg mol o'pkasi, 15 kg piyoz va 26 kg dudlangan kolbasa savdosiga chek qo'yildi.

Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan Navro'z dehqon bozorida olib borilgan o'rganishlar davomida aniqlangan.

Eslatib o'tamiz, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganda ularning yorliqlari hamda saqlanish sharoitiga alohida e'tibor qarating. Bu orqali siz o'zingiz va yaqinlaringizni ovqatdan zaharlanishdan himoya qilgan bo'lasiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni