Xavfsizligi kafolatlanmagan qiyma mahsuloti savdosining oldi olindi

Sanitariya qoida va me'yorlariga ko'ra, go'sht rastalarida sotilayotgan qiyma mahsulotlarining tayyorlangan joyi, tarkibi ma'lum bo'lishi lozim. Buning uchun go'sht rastasi issiq-sovuq suv, go'sht qiymalagich bilan ta'minlangan bo'lishi talab etiladi. Shuningdek, xaridor tanlab bergan go'shtni o'sha vaqtning o'zida qiymalab berish lozim.

Bugun Farhod dehqon bozorida olib borilgan nazorat davomida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi xodimlari tomonidan sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo'lmagan qiyma mahsuloti savdosi aniqlandi. Shundan so'ng 21 kg miqdoridagi qiyma mahsuloti iste'molga yaroqsiz deb topilib, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyada o'rnatilgan tartibda yo'q qilindi.

Eslatib o'tamiz, mahsulot xaridini amalga oshirayotganda uning sifatini kafolatlovchi hujjatlarini so'rashni unutmang.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni