Olmazor tumanidagi ovqatlanish korxonalaridan birida Biznes ombudsmandan olingan ruxsat asosida kuchaytirilgan tekshiruv ishlari olib borildi. Natijada Sanitariya qoida va me'yorlarining qo'pol ravishda buzilish holati aniqlandi va korxona faoliyati vaqtincha to'xtatildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo'limi mutaxassis xodimlari tomonidan tumanda joylashgan "Texnika Xushnud" xususiy ovqatlanish shoxobchasida xabardor etish tarzida sanitariya qoidalariga amal qilinishi va guruhli ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida tekshiruv o'tkazildi.
O'tkazilgan tekshiruv mobaynida ovqatlanish shoxobchada bir qator kamchiliklar:
➖mahsulotlarning saqlash tartibiga rioya qilinmayotgani;
➖ishchi xodimlarning maxsus ish kiyimisiz faoliyat yuritayotgani;
➖muzlatgichda saqlash kerak bo'lgan mahsulotlar kerakli tartibda saqlanmayotganligi kabi qator kamchiliklar aniqlandi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati