Meningit uchun eng xarakterli bo‘lgan davr noyabrdan aprelgacha hisoblanadi. Bu havo haroratining o‘zgarishi, ovqat ratsionidagi cheklashlar va vitamin yetishmasligi, sovuq havo tufayli kishilarning kam shamollatiladigan xonalarda yig‘ilishi tufayli yuz beradi. Organizmning xususiyatlari va ijtimoiy sabablarga ko‘ra, xavf guruhiga 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 25-30 yosh oralig‘idagi erkaklar kiradi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo'limi laboratoriya mutaxassislari tomonidan meningit bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo'lgan ishchi xodimlar va maktab o'quvchilaridan meningokokk infeksiyasini oldini olish maqsadida burun va halqum sohasidan surtma namunalari olinib, meningokokk infeksiyasiga bakteriologik tahlillar o'tkazildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati