Sariyog‘ mahsuloti  tarkibidagi og‘ir metall tuzlariga ko‘ra tahlildan o‘tkazildi

Sariyog‘ - bu juda qimmatbaho va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ratsionida almashtirib bo‘lmaydigan oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Sariyog‘ning asosiy turlari 81,5 - 82,5 % sut yog‘i va 16 % suv saqlaydi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriya kompleksi mutaxassislari tomonidan nazorat tartibida olingan sariyog‘ mahsuloti og‘ir metall tuzlari (qo‘rg‘oshin, mis, simob, kadmiy, margimush va temir) ko‘rsatkichlariga ko‘ra tahlildan o‘tkazildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, sariyog‘ mahsuloti tarkibidagi og‘irsh metall tuzlari qoldig‘i amaldagi 0366-19 sonli Sanitariya qoida va me'yorlariga muvofiqligi xususida bayonnoma ramiylashtirib berildi.                                                                                              

Malumot uchun aytish joizki, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining o‘rtacha kunlik me’yorlari va ovqatlanishni tashkil etishning gigiyenik talablari (0021-22-son SanQvaN) ga ko‘ra sariyog‘ning bir kunlik iste’mol me’yori:
➖4-10 yoshgacha – 40 gr;
➖11-18 yoshgacha – 50 gr;
➖18 yosh va undan kattalar uchun - 35 gr  etib belgilangan.


Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni