Sariyog‘ - bu juda qimmatbaho va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ratsionida almashtirib bo‘lmaydigan oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Sariyog‘ning asosiy turlari 81,5 - 82,5 % sut yog‘i va 16 % suv saqlaydi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriya kompleksi mutaxassislari tomonidan nazorat tartibida olingan sariyog‘ mahsuloti og‘ir metall tuzlari (qo‘rg‘oshin, mis, simob, kadmiy, margimush va temir) ko‘rsatkichlariga ko‘ra tahlildan o‘tkazildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, sariyog‘ mahsuloti tarkibidagi og‘irsh metall tuzlari qoldig‘i amaldagi 0366-19 sonli Sanitariya qoida va me'yorlariga muvofiqligi xususida bayonnoma ramiylashtirib berildi.
➖4-10 yoshgacha – 40 gr;
➖11-18 yoshgacha – 50 gr;
➖18 yosh va undan kattalar uchun - 35 gr etib belgilangan.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati