Mirobod dehqon bozorida tekshiruv o’tkazildi

 Aholiga sifatli xizmat ko'rsatish, ovqatdan zaharlanishni oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilganligini nazorat qilib borish maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan Mirobod dehqon bozorida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakildan olingan ruxsatnomaga muvofiq bozor hududi hamda barcha pavilonlarda tekshiruv ishlari amalga oshirildi.

Olib borilgan tekshiruv quyidagilarni ma'lum qiladi:

➖bozor hududida tashkil etilgan hojatxonalar antisanitariya holatda ekanligi va tozalik ishlari kechiktirilganligi;
➖pavilonlarning aksariyat qismi ta'mirtalab holatda ekanligi;
➖sotuvchilar sanminimmum o'quv kurslarida tahsil olmaganligi;
➖foydalanadigan idishlar yaroqsiz holatga kelganligi;
➖kasalliklarni oldini olib borishda davriy dezinfeksiya tadbirlarini samarali tashkil etish uchun shartnomalar tuzilmaganligi;
➖chiqindi tashlashda qo'llaniladigan maxsus idishlar tozalanmaganligi natijasida kirlanib, o'zidan noxush hid chiqarishi ma'lum bo'ldi.

Tekshiruvlar davomida, bozor ma’muriyati va sotuvchilarga Sanitariya qoida va me'yorlariga muvofiq faoliyat olib borish, tozalik tadbirlarini tez-tez o'z vaqtida o'tkazib borilishini ta'minlash hamda yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartarf etish yuzasidan ko'rsatmalar berilib, sanitariya targ'iboti olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni