Parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida ta'lim tashkilotida laborator tekshiruv o'tkazildi

Gelmintozlar juda keng tarqalgan bo‘lib, odamlar organizmiga moslashib, inson a’zolari va tizimlarida turli patologiyalarini keltirib chiqaradigan qadimiy parazitlardan biri hisoblanadi. Gelmintozlarni oldini olish va davolashda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, parhez ovqatlanish, bolalar orasida kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni, kechishi, profilaktikasi to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib borish zarur.
  
Shu sababli, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi parazitologiya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan ish rejasi asosida tumandagi 570-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 113 nafar tarbiyalanuvchilardan perianal qirindi usuli bilan laborator tekshirish uchun analiz namunalari hamda sanitar-gelmintologik tekshiruv o'tkazish uchun tashqi muhit anjomlaridan 40 ta surtmalar olindi.

Olingan analiz namunalari tuman parazitologiya laboratoriyasiga kelitirilib, xodimlar tomonidan mikroskop orqali tekshiruv jarayonlari amalga oshirildi.

Tekshiruvlar natijasida DMTT ning 113  nafar tarbiyalanuvchilaridan olingan analiz natijalarida, 5 nafarida (ostritsa) gijja tuxumlari aniqlandi. Olingan surtma namunalarida gelmint tuxumlari aniqlanmadi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni