Parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borildi

Parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tuman boʼlimi parazitologiya boʼlinmasi xodimlari tomonidan 412, 445-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida rejaga asosan nazorat tadbirlari olib borildi. 

Soha xodimlari tomonidan oʼquv xonalari, yotoqxona koʼrpa-to'shaklardan, oshxona anjomlari va hojatxona ashyolaridan surtmalar olindi. 

DMTT tarbiyalanuvchilaridan gelmint bor yoki yoʼqligini aniqlash maqsadida perianal qirindi usulida surtmalar olindi. 

Bunda 412-DMTT da 295 nafar bolalardan surtma olindi va 2 ta bolada ostritsa tuxumi aniqlandi.

445-DMTTda 137 nafar bolalardan surtma olindi va 3 ta bolada ostritsa tuxumi aniqlandi.

Ta’kidlash joizki, bolalarda shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarining yetarli emasligi va tuproqda ko‘p o‘ynaganligi uchun gelmint kasalliklariga bilan kasallanish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu kasalliklarni yuqtirib olmaslik uchun xom sabzavot, ho‘l meva va poliz mahsulotlarini iste’mol qilish oldidan vodoprovod, qaynatilgan yoki oqar suv bilan yaxshilab yuvish kerak.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni