Sifatsiz go‘sht va sut mahsulotlari savdosi taqiqlandi 

‼️Chilonzor dehqon bozori hududida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi mutaxassislari  shoxobcha hududidagi Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari ishtirokida aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish holatlari  va o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida savdo rastalaridagi mahsulotlar ko‘zdan kechirildi.

🔎Nazorat tadbiri natijasida:

🥛 bir martalik qo‘llanish uchun mo‘ljallangan sig‘imlarga qadoqlangan 30 litr sut mahsulotlari;

🥩noma'lum sharoitda tayyorlangan 6 kg mol go‘shti qiymasi;

🍖sifati buzilgan 10 kg qoramol suyagi;

🥬🥦organoleptik jihatdan o'zgargan 2 kg ko‘kat mahsulotlari savdosi to‘xtatildi va o‘rnatilgan tartibda yo'q qilindi.

‼️Unutmang, to‘g‘ri saqlanmayotgan va me’yoriy hujjatlar talabi asosida qadoqlanmagan mahsulotlari  sog‘ligingiz uchun xatarli bo‘lishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni