Kasallik o'choqlarida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari aniqlangan "Fayzobod", "Oq uy” mahallasida kasallikning keyingi tarqalishining oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan  belgilangan tartibda o'choqli dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

Dezinfeksiya ishlari davomida yashash xonalari, umumiy foydalaniladigan hududlar, mebel va maishiy buyumlar, sanitariya-texnik jihozlar hamda aloqa yuzalari maxsus ruxsat etilgan dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida to‘liq ishlovdan o‘tkazildi. Jarayonlar amaldagi Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirildi.

Shuningdek, o‘choqda epidemiologik nazorat kuchaytirilib, kasallikning tarqalish xavfini kamaytirish bo‘yicha zarur profilaktik choralar belgilandi. Dezinfeksiya tadbirlari aholining salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashi haqida fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni