O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari aniqlangan "Fayzobod", "Oq uy” mahallasida kasallikning keyingi tarqalishining oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o'choqli dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.
Dezinfeksiya ishlari davomida yashash xonalari, umumiy foydalaniladigan hududlar, mebel va maishiy buyumlar, sanitariya-texnik jihozlar hamda aloqa yuzalari maxsus ruxsat etilgan dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida to‘liq ishlovdan o‘tkazildi. Jarayonlar amaldagi Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirildi.
Shuningdek, o‘choqda epidemiologik nazorat kuchaytirilib, kasallikning tarqalish xavfini kamaytirish bo‘yicha zarur profilaktik choralar belgilandi. Dezinfeksiya tadbirlari aholining salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashi haqida fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati