Meningitga qarshi profilaktik emlash tadbirlari o‘tkazildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida meningit kasalligi bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar o‘rtasida profilaktik emlash ishlari tashkil etildi.


🩺 Epidemiologik tekshiruvlar natijalariga asosan, kasallik tarqalishining oldini olish, infeksiya xavfini kamaytirish hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida emlash tadbirlari Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi xodimlari nazorati ostida amalga oshirildi.

📍 Profilaktik emlash ishlari reanimatsiya, qabul hamda gematologiya bo‘limlarda o‘tkazildi.

💉 Emlash jarayonlari malakali tibbiyot xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalari, aseptika va antiseptika talablariga qat’iy rioya etilgan holda olib borildi. Har bir shaxs avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi sinchiklab tekshirildi.

✅ Vaksinatsiyadan so‘ng emlangan shaxslar belgilangan muddat davomida tibbiy kuzatuvga olindi. Nojo‘ya holatlar qayd etilmadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, meningit — o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, qisqa vaqt ichida og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Kasallikning oldini olishda erta aniqlash, izolyatsiya va profilaktik emlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni