‼️Shayxontohur tumanidagi Eski Juva dehqon bozorida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo'limi va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida muhim holat aniqlandi.
🥔 "Elga xizmat" rastalari orqa qismida 300 kg iste’molga yaroqsiz kartoshka savdoga qo‘yilgani aniqlandi.
✅ Mazkur mahsulot belgilangan tartibda savdodan olindi va yo‘q qilindi.
⚠️ Esda tuting, sifatsiz mahsulotlarning iste’molchiga yetib bormasligi — jamoat salomatligini himoya qilishning eng muhim shartlaridan biridir.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati