Bosh sahifa / Eski Juva dehqon bozorida sifatsiz mahsulot savdodan olindi

Eski Juva dehqon bozorida sifatsiz mahsulot savdodan olindi

‼️Shayxontohur tumanidagi Eski Juva dehqon bozorida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo'limi va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida muhim holat aniqlandi.

🥔 "Elga xizmat" rastalari orqa qismida 300 kg iste’molga yaroqsiz kartoshka savdoga qo‘yilgani aniqlandi.

✅ Mazkur mahsulot belgilangan tartibda savdodan olindi va yo‘q qilindi.

⚠️ Esda tuting, sifatsiz mahsulotlarning iste’molchiga yetib bormasligi — jamoat salomatligini himoya qilishning eng muhim shartlaridan biridir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


18-09-2025, 15:13
Ortga qaytish