Bugun, 18-noyabr — O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 35 yil to‘ldi!
1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinib, Vatanimizning mustaqilligi, suvereniteti va milliy o‘zligini ifoda etuvchi muqaddas davlat ramzlaridan biri hayotimizdan mustahkam o‘rin oldi.
Davlat bayrog‘imiz — xalqimizning sha’ni, g‘ururi, birdamligi va yorqin kelajakka bo‘lgan ishonchini mujassam etgan muqaddas ramzdir.
Uning har bir hilpirashida Vatanimizning ozodligi, xalqimizning orzu-intilishlari va kelajakka umidi aks etadi.
Bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirasin, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati