Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig'i Malika Qudratxodjayevaning bayram tabrigi

Assalomu alaykum qadrli vatandoshlar!

Bugun yurtimizda eng ulug' va aziz bayram "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni" keng tarzda nishonlanmoqda.

Avvalo Siz azizlarni Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasi bilan samimiy qutlayman. 

Davlatimizni yanada rivojlantirish, uni Jahon hamjamiyatidagi munosib o'rnini mustahkamlash, erkin va farovon jamiyat shakllantirish borasidagi mashaqqatli ishlaringizga ulkan muvaffaqiyat tilayman.

Aytish joizki, davlatimiz mustaqillikka erishganiga 33 yil bo'lishiga qaramay, bizning islohot hamda yutuqlarimizni dunyo tan olyapti. Har bir sohaga olib kitilayotgan qator yangiliklar yosh avlodning bilimli va saviyali bo'lib shakllanishida, qonun ustuvorligining ta'minlanishiga katta turtki bo'lmoqda.

Xususan, aholi salomatligini saqlash, yuqumli kasalliklarning keng tarqalib ketishini oldini olish borasida fuqarolarga keng sharoit yaratilayotganini alohida ta'kidlash lozim. Farzand tug'ilganidan voyaga yetguniga qadar bepul tarzda emlanishi, yuqumli kasalliklarga chalingan fuqarolarning bepul tarzda davolanishi yurtdoshlarimizning sog'lom bo'lishi hamda epidemiologik vaziyatni barqaror ushlab turishda katta ahamiyatga ega.

Bunday ulug' kunlarga yetish, ozod va erkin hayotga ega bo'lish, adolatli jamiyatda yashashni yurtimiz yillar davomida orzu qilib yashagan va bu uchun qanchadan-qancha ota-bobolarimiz jon berib kurashishgan.

Bugungi kunda ham biz yagona xalq, bir millat bo'lib ko'zlagan yuksak marralarimiz sari olg'a qadam tashlamoqdamiz. Yangi O'zbekistonni bunyod etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, erkin demokratik davlatga aylanish uchun davlatimiz rahbari boshchiligida yakdillikda harakat qilyapmiz.

Fursatdan foydalanib, barchangizni yana bir bor Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklar ekanman, yutimizdan tinchlik, xonadonlarimizdan fayzu baraka arimasligini tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Malika Qudratxodjayeva,

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig'i

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni