TA’LIM-TARBIYA TASHKILOTLARIDA DEZINFEKSIYA ISHLARI OLIB BORILDI

🦠Ta’lim-tarbiya tashkilotlarida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish maqsadida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

🧴Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi Dezinfeksiya tadbirlari bo‘limi mutaxassislari tomonidan tegishli ta’lim-tarbiya tashkilotlarida belgilangan tartibda maxsus sanitariya-dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

 

⌛Dezinfeksiya jarayonida:

💬xonalar, turli sirtlar va mebellar;
💬kirish-chiqish yo‘laklari;
💬qo‘l yuvish va sanitariya xonalari;
💬infeksiya qo‘zg‘atuvchilari saqlanib qolishi mumkin bo‘lgan boshqa hududlarga maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berildi.

🛡Nima uchun bu muhim?

🤔O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari ifloslangan qo‘llar, buyumlar, oziq-ovqat va suv orqali yuqishi mumkin. Shu bois ta’lim muassasalarida tozalikni saqlash, muntazam dezinfeksiya ishlarini tashkil etish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish infeksiya tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

⚠️Unutmang: sanitariya qoidalariga rioya qilish va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bolalar salomatligini himoya qilishning muhim shartidir!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni