PROFILAKTIKA TADBIRLARI NAZORAT QILINMOQDA

🦠Mavsumiy gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar (O‘RI) bolalar jamoalarida tez tarqalishi mumkin. Shu bois ta’lim tashkilotlarida kasalliklarning oldini olish, infeksiya alomatlarini erta aniqlash hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

🔎Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar o‘rtasida gripp va O‘RI tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar monitoring qilinmoqda.

❓Monitoring davomida nimalarga e’tibor qaratilmoqda?

🌡Ertalabki tibbiy filtr — bolalarning sog‘lig‘ini kuzatish, kasallik alomatlarini erta aniqlash va zarur choralarni ko‘rish.
🏥Izolyator xonalari — kun davomida o‘zida kasallik belgilari kuzatilgan bolalarni vaqtincha alohidalash uchun tegishli sharoitlar yaratilganligi.
🌬Harorat va mikroiqlim — xonalarda belgilangan harorat me’yorlariga rioya qilinishi hamda xonalarni shamollatish tartibi.
🧼“Toza qo‘llar” dasturi — bolalarning qo‘l yuvishi uchun zarur sharoitlar, gigiyenik vositalar bilan ta’minlanganlik va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi.
🧴Dezinfeksiya tadbirlari — xonalar va umumiy foydalanish joylarida dezinfeksiya ishlarining tashkil etilishi hamda zarur dezinfeksiya vositalarining mavjudligi.
💉Emlash targ‘iboti — o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida mavsumiy grippga qarshi emlanishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishi.

📌Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olingan.

✅Unutmang, muntazam gigiyena, toza va shamollatilgan xonalar, kasallik alomatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda profilaktik tavsiyalarga amal qilish bolalar jamoalarida respirator infeksiyalar tarqalish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni