Ta’lim tashkilotlarida ertalabki saralash — sog‘lom muhit garovi

🦠 Bolalar jamoalarida yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfi yuqori bo‘lishi mumkin. Shu bois ta’lim tashkilotlarida kasalliklarning kirib kelishi va keng tarqalishining oldini olish, bolalar salomatligini muhofaza qilish maqsadida ertalabki saralash (filtr) tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

📚 2026–2027-o‘quv yili boshidan buyon Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki saralash (filtr) tadbirlarining tashkil etilishi monitoring qilinmoqda.

 

🔎 Monitoring davomida, xususan:

🌡 bolalar, o‘smirlar va ishchi xodimlarning tana harorati o‘lchanishi;
🧴 zarur hollarda antiseptik vositalardan foydalanish va gigiyenik tadbirlarning amalga oshirilishi;
🚸 ta’lim tashkilotlariga kirishda ertalabki saralash tadbirlarining belgilangan tartibda tashkil etilishi;
🧼 bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan sanitariya-gigiyenik sharoitlar;
🩺 birlamchi tibbiy xizmatning tashkil etilishi;
🍽 bolalarni sog‘lom, sifatli va xavfsiz ovqatlantirish talablari o‘rganilmoqda.

⚠️ Ertalabki filtr — kasallik alomatlarini erta aniqlash va infeksiyalarning jamoa orasida tarqalishining oldini olishga qaratilgan muhim profilaktik choralardan biridir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni