AVIASOZLAR DEHQON BOZORIDA 200 KG DAN ORTIQ OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YO‘Q QILINDI

🛡Aholi salomatligini muhofaza qilish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash hamda iste’molchilarni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida poytaxtimizdagi dehqon bozorlarida sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari muntazam olib borilmoqda.

🔍Xususan, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Aviasozlar dehqon bozori rastalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

✏️O‘rganish davomida quyidagi talabga javob bermaydigan mahsulotlar aniqlandi:

🔺Noma’lum sharoitda tayyorlangan;
🔺 Organoleptik xususiyatlari buzilgan;
🔺 Yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan.

⚠️Natijada 50 kg qandolat mahsulotlari;

🥛150 litr sut mahsulotlari iste’mol uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli belgilangan tartibda savdodan chiqarilib, yo‘q qilindi.

 

🔈Iste’molchilarga tavsiya: Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda ularning yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti, qadoqlanishi va tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor qarating. Sifati va kelib chiqishi noma’lum mahsulotlarni xarid qilishdan saqlaning.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni