Oilaviy poliklinikada profilaktik tekshiruv ishlari olib borildi

‼️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan 1-son Oilaviy poliklinikada belgilangan reja asosida epidemiologik tekshiruv tadbirlari o‘tkazildi.

🔍 Tekshiruv davomida muassasada sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash holati hamda shifoxona ichi infeksiyalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

🔬 Shuningdek, laboratoriya tekshiruvlarini amalga oshirish maqsadida shifoxonaning tashqi muhit obyektlaridan belgilangan tartibda bakteriologik surtma namunalar olindi. Mazkur namunalar orqali obyektlarning sanitariya holatini baholash va ehtimoliy infeksiya omillarini aniqlash ko‘zda tutilgan.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni