“PARVOZ” MAHALLASIDA SAYYOR QABUL: FUQAROLAR MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA

📍Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning muammolariga tezkor yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

👤Sayyor qabulni bo‘lim boshlig‘i Furqat Nurmatov tumandagi “Parvoz” mahallasida o‘tkazib, fuqarolarning sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasiga oid murojaatlari, taklif va mulohazalarini tingladi.

🔎Qabul davomida:

🔴Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi;
🔴 Murojaatlarda bayon etilgan muammolarni hal qilish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi;
🔴 Belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝Bunday sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning qonuniy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

📌Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topish!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni