📍Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning muammolariga tezkor yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
👤Sayyor qabulni bo‘lim boshlig‘i Furqat Nurmatov tumandagi “Parvoz” mahallasida o‘tkazib, fuqarolarning sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasiga oid murojaatlari, taklif va mulohazalarini tingladi.
🔎Qabul davomida:
🔴Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi;
🔴 Murojaatlarda bayon etilgan muammolarni hal qilish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi;
🔴 Belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝Bunday sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning qonuniy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.
📌Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topish!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati