🗣Jamoat hojatxonalari aholi salomatligini muhofaza qilishda alohida ahamiyatga ega. Ularda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmasligi noxush hid, mikroorganizmlarning tarqalishi va yuqumli kasalliklar xavfining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.
❓Xo‘sh, jamoat hojatxonalarida qanday gigiyenik talablar bajarilishi kerak?
🔺Doimiy tozalik: pol, unitaz, rakovina, eshik tutqichlari va boshqa ko‘p tegiladigan yuzalar muntazam tozalanishi hamda zararsizlantirilishi lozim.
🔺 Suv va kanalizatsiya: hojatxona uzluksiz suv ta’minoti hamda soz kanalizatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
🔺 Qo‘l yuvish sharoiti: qo‘l yuvish uchun rakovina, sovun va imkon qadar qo‘l quritish vositalari mavjud bo‘lishi zarur.
🔺 Chiqindilarni yig‘ish: chiqindi idishlari qopqoqli bo‘lishi, vaqtida bo‘shatilishi va tozalanishi kerak.
🔺 Shamollatish: xonada samarali shamollatish tizimi ishlashi, noxush hidlarning to‘planishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
🔺 Tozalash vositalari: tozalash va dezinfeksiya ishlari belgilangan tartibda, tegishli vositalardan foydalanib amalga oshirilishi kerak.
🔺 Tozalash nazorati: mas’ul xodimlar biriktirilib, tozalash ishlari muntazam nazorat qilinishi va qayd etib borilishi lozim.
⚠️Eslab qoling! Jamoat hojatxonasidan foydalangandan so‘ng qo‘llarni sovunlab, oqar suvda yaxshilab yuvish shaxsiy gigiyenaning eng muhim qoidalaridan biridir.
🛡Toza jamoat hojatxonasi — madaniyat belgisi, sanitariya osoyishtaligi va jamoat salomatligining muhim shartidir!
Har bir obyekt ma’muriyati sanitariya-gigiyena talablariga mas’uliyat bilan yondashishi, fuqarolar esa jamoat joylarida tozalikka rioya qilishi zarur.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati