Sil kasalligi o‘chog‘ida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi

Ma’lumki, sil — asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan yuqumli kasallik bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda ma’lum muddat saqlanib qolishi mumkin. 



‼️ Kasallik qo‘zg‘atuvchisining atrof-muhitda saqlanib qolishini bartaraf etish, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida tumanda yashovchi fuqaroda aniqlangan sil kasalligi o‘chog’ida Sanepidqo'mita Mirobod tumani bo'limi xodimlari tomonidan amaldagi sanitariya-epidemiologik talablarga muvofiq kompleks dezinfeksiya tadbirlari tashkil etildi.

✅Tadbirlar doirasida:

➖bemor yashagan xonadon va unga tutash hududlar, yashash xonalari, mebel va maishiy buyumlar maxsus dezinfeksiya vositalari bilan ishlov berildi;
➖idish-tovoq, kiyim-kechak va choyshablar belgilangan tartibda zararsizlantirildi;
➖oila a’zolari hamda yaqin aloqada bo‘lgan shaxslarga profilaktik tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni