O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining bayram tabrigi

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Inson hayotida shunday kasb egalari borki, ularning mehnati natijasini birgina raqam yoki lavozim bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ustoz ana shunday ulug‘ kasb sohibidir. Chunki ustoz nafaqat bilim beradi — u insonning dunyoqarashini shakllantiradi, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga o‘rgatadi, kasbga mehr va Vatanga sadoqat tuyg‘usini singdiradi.

Bugun jamiyatimizning turli sohalarida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan shifokorlar, olimlar, muhandislar, jurnalistlar, davlat xizmatchilari va boshqa ko‘plab mutaxassislarning ortida, albatta, ularga ilk bilim va tarbiyani bergan ustozlar mehnati mujassam.

Ayniqsa, sog‘liqni saqlash va jamoat salomatligi kabi inson hayoti va farovonligi bilan bevosita bog‘liq sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni tayyorlashda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos. Bugungi bilimli mutaxassis — kechagi ustoz mehnatining samarasidir.

Fursatdan foydalanib, bizga ta’lim va tarbiya bergan, hayot yo‘limizda o‘zining bebaho maslahatlari bilan ko‘maklashgan barcha ustozlarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Qalbingizga singdirgan har bir ezgu g‘oya, bergan har bir saboq va tarbiyalagan har bir shogirdingiz kelajakda ezgu ishlar bilan nomingizni davom ettirsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar va murabbiylar!

Malika Kudratxodjayeva

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni