Aholi salomatligini muhofaza qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida navbatdagi sanitariya-epidemiologik nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🔍 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari, veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi, tuman prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamda "Qo‘yliq dehqon bozori" mas'ullari ishtirokida o‘tkazilgan reyd davomida bozordagi savdo obyektlari o‘rganildi.
✅Nazorat jarayonida saqlash va realizatsiya qilish talablariga rioya etilmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan, kelib chiqishi noma'lum hamda sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi aniqlandi.
❌ Muomaladan chiqarilgan mahsulotlar:
🥩 54 kg mol go‘shti qiymasi;
🥓 23 kg tovuq go‘shti qiymasi;
🍌 11 kg banan;
🥗 12 kg karam salati;
🥕 7 kg qizil sabzidan tayyorlangan salat;
🧀 12 kg tvorog;
🥛 86 litr ikkilamchi polietilen idishlarda saqlanayotgan sut va sut mahsulotlari.



⚖️ Jami 205 kg miqdordagi isteʼmol uchun yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari amaldagi sanitariya qoidalari va belgilangan tartib asosida muomaladan chiqarilib, yo‘q qilindi.
✅ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi fuqarolarni faqat sifati kafolatlangan va sanitariya talablariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga chaqiradi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati