Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi hamda veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari ishtirokida tumanda joylashgan “Navro‘z” dehqon bozorida mahsulotlar sifati yuzasidan o'rganish ishlari o'tkazildi.
O‘rganishlar davomida go‘sht pavilyonining sanitariya holati qoniqarsiz ekani aniqlandi. Shuningdek, kolbasa mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konda 8 kg kolbasa va 2 kg sosiska mahsulotlari iste’molga yaroqsiz hamda sifatsiz deb topildi. Aniqlangan sifatsiz mahsulotlar savdodan olib qo‘yilib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Holat yuzasidan sotuvchiga yuqumli kasalliklar profilaktikasi hamda sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, belgilangan tartibda rasmiy ogohlantirish berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati