Toshkent shahar Kengashida muhim qaror qabul qilindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida 2026-yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini samarali yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi. Masala yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ullari deputatlar oldida hisobot taqdim etdilar.

 

Shuningdek, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan muhim tashabbus ilgari surildi:

Aholi o‘rtasida gepatit A tarqalishining oldini olish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj 8 092 nafar bolani bepul emlash ishlarini tashkil etish.

Mazkur maqsadlar uchun 2 mlrd 23 mln so‘m mablag‘ evaziga vaksina xarid qilish taklifi kiritildi.

Deputatlar ushbu masalani atroflicha muhokama qilib, gepatit A vaksinasini xarid qilish uchun mablag‘ ajratishni bir ovozdan ma’qulladilar.

 

Bu qaror aholi salomatligini mustahkamlash va bolalarni xavfli yuqumli kasalliklardan himoya qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni