8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining bayram tabrigi

Hurmatli va aziz opa-singillar, muhtarama ayollar!

Sizlarni bahorning eng go‘zal va nafis ayyomi – 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi nomidan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ayol – mehr-muhabbat, sadoqat, matonat va go‘zallik timsolidir. Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ular oilaning mustahkamligi, farzandlar tarbiyasi hamda yurt ravnaqida muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda yurtimiz taraqqiyoti, xalq salomatligini asrash va jamiyat farovonligini ta’minlash yo‘lida ham ko‘plab ayollar fidokorona mehnat qilib kelmoqda.

Ayniqsa, sanitariya-epidemiologiya tizimida faoliyat yuritayotgan opa-singillarimiz o‘zlarining mas’uliyati, bilim va tajribasi bilan aholi salomatligini muhofaza qilishda munosib hissa qo‘shib kelayotgani alohida e’tirofga loyiq. 

Sizlarning halol va fidoyi mehnatingiz tufayli ko‘plab muhim vazifalar samarali amalga oshirilmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha xotin-qizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, ish faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Doimo hurmat va e’tiborda bo‘lib, yaqinlaringiz mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lib yuring.

Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xonadonlaringiz quvonch va shodliklarga to‘la bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Malika Kudratxodjayeva,

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni