Yunusobod dehqon bozorida 109 kg sifatsiz mahsulotlar yo'q qilindi

Yunusobod dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida  noma'lum sharoitda tayyorlangan, iste'molga yaroqsiz 43 kg lag'mon, somsa xamiri va yaroqlilik muddati o'tgan 66 kg kolbasa mahsulotlari savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.  

 

Ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo‘limi mas'ul xodimlari hamda Veterinariya-sanitariya espertiza laboratoriyasi tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni