Yunusobod dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida noma'lum sharoitda tayyorlangan, iste'molga yaroqsiz 43 kg lag'mon, somsa xamiri va yaroqlilik muddati o'tgan 66 kg kolbasa mahsulotlari savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.


Ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo‘limi mas'ul xodimlari hamda Veterinariya-sanitariya espertiza laboratoriyasi tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati