Aviasozlar dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida organoleptik xususiyati o'zgargan, iste'molga yaroqsiz 19 kg 3 xil turdagi meva mahsulotlari savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazildi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati