Qo‘yliq dehqon bozorida sifatsiz mahsulotlar yo'q qilindi

Aholi salomatligini saqlash maqsadida bozorlarda savdoga qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda amaldagi sanitariya-gigiyena talablari asosida o'rganish ishlari olib borilmoqda.

‼️ Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan tumandagi Qo‘yliq dehqon bozori hududida bozor maʼmuriyati, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriya xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. amalga oshirildi.


 

🔍O‘rganish davomida mutaxassislar tomonidan organoleptik xususiyatlari buzilgan 20 kg apelsin, 6 kg limon, 8 kg mandarin, 12 kg molning ichki aʼzolari, 12 kg baliq va 13 kg tovuq go‘shti iste’mol uchun yaroqsiz deb topildi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni