Iste’molchilarning sog‘lig‘i — doimo e’tibor markazida!

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi tomonidan Qo‘yliq dehqon bozori hududida o‘tkazilgan navbatdagi sanitariya-nazorat tadbiri davomida iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlanib, savdodan olindi.

🛑 Natijada quyidagi mahsulotlar inson salomatligi uchun xavfli deb topilib:

🐟 7 kg  baliq mahsulotlari;
🐓 9 kg  tovuq jigari;
🍞 11 dona non mahsulotlari;
🍰 10 kg  qandolat mahsulotlari;
🥗 22 kg karam salati;
🫙 6 litr  marinadlar;
🍊 26 kg  organoleptik xususiyatlari buzilgan apelsin va mango mahsulotlari belgilangan tartibda brakovka qilindi.

‼️ Mazkur mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, hidi, ta’mida o‘zgarishlar kuzatilgani sababli ular iste’mol uchun yaroqsiz deb topilgan.

⚠️ Eslatib o'tamiz, har bir fuqaro bozorlarda xarid chog‘ida mahsulotning sifati, saqlanish muddati va tashqi holatiga e’tiborli bo‘lishi lozim.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni