Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi tomonidan Qo‘yliq dehqon bozori hududida o‘tkazilgan navbatdagi sanitariya-nazorat tadbiri davomida iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlanib, savdodan olindi.
🛑 Natijada quyidagi mahsulotlar inson salomatligi uchun xavfli deb topilib:
🐟 7 kg baliq mahsulotlari;
🐓 9 kg tovuq jigari;
🍞 11 dona non mahsulotlari;
🍰 10 kg qandolat mahsulotlari;
🥗 22 kg karam salati;
🫙 6 litr marinadlar;
🍊 26 kg organoleptik xususiyatlari buzilgan apelsin va mango mahsulotlari belgilangan tartibda brakovka qilindi.
‼️ Mazkur mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, hidi, ta’mida o‘zgarishlar kuzatilgani sababli ular iste’mol uchun yaroqsiz deb topilgan.
⚠️ Eslatib o'tamiz, har bir fuqaro bozorlarda xarid chog‘ida mahsulotning sifati, saqlanish muddati va tashqi holatiga e’tiborli bo‘lishi lozim.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati