Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi hamda PPX xodimlari tomonidan Uchtepa dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari sifati va ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlar gigiyenik talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
❌ Natijada sifat ko'rsatkichlari buzilgan va iste’molga yaroqsiz 25 kg tovuq a'zolari aniqlanib, savdodan olindi va belgilangan tartibda yo'q qilindi.
✅ Shuningdek, sanitariya qoidalarini buzgan holda faoliyat yuritayotgan sotuvchiga tushuntirish ishlari olib borildi va qat'iy ogohlantirish berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati