Yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi maktablarda ertalabki filtr jarayonlari muntazam ravishda nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Nazorat jarayonida:
-maktab binosiga kirish qismida o‘quvchilarning tana harorati o‘lchanishi;
-kasallik alomatlari (yo‘tal, tumov, holsizlik) tekshiriishi;
-shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi;
-maktabning sanitariya-texnik holati;
-dori-darmon vositalarining yaroqlilik muddati;
-maktab xodimlarining davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida muassasa maʼsullariga o‘quvchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati