‼️Aholiga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilishini nazorat qilish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi xodimlari tomonidan Farg’ona bozori tashqi hududida reyd tadbirlari o‘tkazildi.
🥛Tadbir davomida noqonuniy va belgilanmagan savdo joylarda, sanitariya qoidalariga rioya qilinmagan holda tez buziluvchi sut mahsulotlarini maxsus sovutkichlarda emas, balki yo’l yuzida saqlab, sotilayotgani aniqlandi. Natijada 16 litr sut hamda 3 kg tvorog mahsulotlari belgilangan tartibda brakeraj qilindi.
📝Aniqlangan holat bo‘yicha sotuvchilarga nisbatan ogohlantirish berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati