Gepatit B va C: Shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish yuzasidan komissiya yig'ilishi o'tkazildi

Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasida virusli gepatit B va C kasalliklari bo‘yicha shifoxona ichi infeksiyasiga gumon qilingan holatlar yuzasidan tahliliy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

👥 Yig‘ilishda Boshqarma va tuman bo‘limlarining epidemiologiya hamda immunoprofilaktika bo‘limi mudirlari;

• Gumon qilingan holatlar qayd etilgan davlat va nodavlat DPMlar rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

📝 Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:

🔍 O‘tkazilgan nazoratlarning batafsil tahlili;
⚠️ Aniqlangan kamchiliklar va xavf omillari;
🛡 Profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar ijrosi;
🏥 Tibbiyot muassasalarida sterilizatsiya va infeksiya nazorati talablariga rioya qilish holati;
📊 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda DPMlar mas’uliyatini oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni