Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasida virusli gepatit B va C kasalliklari bo‘yicha shifoxona ichi infeksiyasiga gumon qilingan holatlar yuzasidan tahliliy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
👥 Yig‘ilishda Boshqarma va tuman bo‘limlarining epidemiologiya hamda immunoprofilaktika bo‘limi mudirlari;
• Gumon qilingan holatlar qayd etilgan davlat va nodavlat DPMlar rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
📝 Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:
🔍 O‘tkazilgan nazoratlarning batafsil tahlili;
⚠️ Aniqlangan kamchiliklar va xavf omillari;
🛡 Profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar ijrosi;
🏥 Tibbiyot muassasalarida sterilizatsiya va infeksiya nazorati talablariga rioya qilish holati;
📊 Yuqumli kasalliklarning oldini olishda DPMlar mas’uliyatini oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati