‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari hamda Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi vakili hamkorligida maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari o‘tkazildi.
👩⚕️ Tadbirda tumandagi DMTT larda faoliyat yuritayotgan hamshiralar ishtirok etib, o‘z kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
📚 O‘quv jarayonida quyidagi masalalar batafsil yoritildi:
➖hamshiralarning kundalik ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish;
➖ brakeraj komissiyasi faoliyati va daftarini yuritish tartibi;
➖ tayyor taomlar sifatini nazorat qilish va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini baholash;
➖ sinamalar olish, davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi;
➖ yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish choralarini kuchaytirish.
💡 Shuningdek, ishtirokchilarga bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, gigiyenik talablarni saqlash, va profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🔹 Mazkur tashabbus — bolajonlar salomatligini himoya qilish hamda hamshiralarning malakasini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati