"Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamshiralarining asosiy vazifalari" mavzusida seminar o‘tkazildi

Tumandagi 330-sonli umumta’lim maktabida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamshiralarining asosiy vazifalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.


Tadbir Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi va  Yangihayot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi  Toshkent shahar boʻlimi bilan  hamkorlikda tashkil etildi. Unda tuman hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralarining ishtiroki ta’minlandi.

Seminar davomida hamshiralarining kundalik faoliyati, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, sil, meningit, boshqariluvchi infeksiyalar hamda parazitar kasalliklarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, DMTTlarda gigiyenik talablarga rioya etish, bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni