Tumandagi 330-sonli umumta’lim maktabida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamshiralarining asosiy vazifalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbir Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi va Yangihayot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi Toshkent shahar boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda tuman hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralarining ishtiroki ta’minlandi.
Seminar davomida hamshiralarining kundalik faoliyati, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, sil, meningit, boshqariluvchi infeksiyalar hamda parazitar kasalliklarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, DMTTlarda gigiyenik talablarga rioya etish, bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati