‼️Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mutaxassislari bilan birgalikda tumandagi 347-sonli umumtaʼlim tashkiloti o‘quvchilarining birida o‘tkir yuqumli ichak kasalligi qayd etilganlik holati bo‘yicha epidemiologik surushtiruv ishlari, tashkilotning sanitariya-texnik holati hamda oshxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.
⚠️O'tkazilgan tadbirlar davomida dezinfeksiya tadbirlari bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan tashkilot sinfxonalarida, hojatxonasi, qo‘l yuvish xonalari, yo'laklarida o‘choqli zararsizlantrish ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati