Noqonuniy savdo faoliyatiga chek qoʻyildi 

Tayyorlash sharoiti noma’lum, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning iste’molga chiqarilishi turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. 

‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Toshkent" MFY hududida  joylashgan noqonuniy savdo nuqtalari aniqlandi. O‘rganish jarayonida mazkur joyda sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda baliq mahsulotidan taomlarning tayyorlanayotgani va sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.

🔎Tekshiruv davomida:

🔹 Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagani;
🔹 Mahsulotlarning sifati va xavfsizligi ta’minlanmagani;
🔹 Iste’molchilarga zarar yetkazilishi ehtimoli yuqori ekani aniqlanib, mazkur noqonuniy faoliyat darhol to‘xtatildi.

📝Shu munosabat bilan sanitariya qoidalarini buzgan  fuqarolar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni