2 tonnadan ziyod isteʼmolga yaroqsiz qovun savdosi to‘xtatildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan “FOOD CITY”  bozori hududida Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda poliz ekinlari chuqur nazoratdan o‘tkazildi.

🔎 Monitoring jarayonida:

✔️ Tarvuz va qovun mahsulotlarida nitrat miqdori tekshirildi;
✔️ 2 ta holatda organoleptik xususiyatlari buzilgan 2 tonna 230 kg qovun savdodan oldirildi;
✔️ Yaroqsiz mahsulotni yo‘q qilish chorasi ko‘rildi.

⚖️ Sotuvchilarga nisbatan ogohlantirish choralari qo‘llanilib, sanitariya qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

‼️Eslatib o'tamiz, poliz mahsulotlarini xarid qilayotganda mevaning butunligiga alohida e’tibor bering.  Kimyoviy o‘g‘itlar bilan me’yoridan ortiq to‘yintirilmaganiga ishonch hosil qiling.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni