Shu sababli Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan tuman ko'chalarida sotilayotgan poliz ekinlarining nitrat miqdorini aniqlash jarayonlari o'tkazildi.
O'tkazilgan o'rganishlar davomida organoleptik ko'rsatkichlari va kimyoviy moddalarning nitrat darajasi maxsus qurilmalar orqali tekshirildi va natijalar me’yordan oshganligi aniqlandi.
Nitrat miqdori me'yordan oshgan 84 kg (53 kg tarvuz va 31 kg qovun) poliz mahsulotlari iste'mol uchun yaroqsiz deb topilib, yo'q qilindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati