Bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan Mirobod dehqon bozorida Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda mahsulotlarning sifati to'liq nazoratga olinib, ularning organoleptik xususiyatlari monitoringdan o'tkazildi.
Shuningdek, bozor rastalaridagi o'z xususiyatlarini yo'qotgan, organoleptik jihatdan yaroqsiz holga kelgan 6 kg nok, 8 kg shaftoli, 1 kg olxo'ri, 12 kg pomidor mahsulotlari savdosi to'xtatildi va yo'q qilish chorasi ko'rildi.
Mazkur yo'nalishdagi targ'ibot tadbiri "Chinor" mahallasidagi oziq-ovqat do'konlarida ham amalga oshirilidi va butunligi buzilgan 6 kg olma, 4 kg olxo'ri, 5 kg uzum hamda sifati kafolatlanmagan 9 kg lagʻmon hamiri 15 kg chuchvara mahsulotlari savdosi bartaraf etildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati